


2026 yil 22 may sanasida Chirchiq shahar axborot-kutubxona markazida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur bellashuvda 2-sonli texnikumning “Intensiv” va “Intellekt” jamoalari faol ishtirok etib, o‘z bilimlari, topqirligi hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Qiziqarli savol-javoblar va murosasiz bahslarga boy o‘tgan o‘yin yakunida g‘olib jamoalar aniqlanib, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bunday intellektual tadbirlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni erkin fikrlashga undash hamda ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
