Yoshlar bizning kelajagimiz

Joriy yilning 8 iyun kuni Chirchiq shahar axborot kutubxona markazi òquv zalida kitobxonlikni kengroq tarģib qilish maqsadida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamkorligida “Yoshlar bizning kelajagimiz” shiori ostida tadbir bòlib òtdi.
Aytish joizki, Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi kunda ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda. Zero, Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasidir.
Mazkur tadbirda dunyoda yoshlar, ularning yetakchilik mahorati, ijodiy salohiyati, navqiron kuch-qudrati va jo‘shqinligi dunyo jamiyatining doimiy rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun g‘oyat muhim omil ekanligi haqida AKM xodimlari gapirib òtishdi.
Davra suhbatida 43 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etdi.