Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Joriy yilning 28-oktabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida Chirchiq shahar 2-sonli texnikumining 1-kurs IT-SERVIS  guruhi o‘quvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Ishtirokchilar “Bilimdonlar” va “Zakovat egalari” jamoalariga bo‘linib, o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy kechgan bellashuv yakunida har ikki jamoa teng natija qayd etib, durangga erishdi. Ushbu bellashuvda do‘stlik va hamjihatlik g‘alaba qozondi.G‘olib va faol ishtirokchilar Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi  tomonidan faxriy yorliq hamda kitoblar bilan taqdirlandilar.  Ishtirokchilar o‘z bilimlarini namoyon etib, mantiqiy fikrlash va tezkor javob berish ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Zakovat intellektual o’yinida 27 nafar o’quvchi ishtirok etdi.