Zamonaviy kutubxona – taraqqiyot va professional rivojlanish sari!

Zamonaviy kutubxona – taraqqiyot va professional rivojlanish sari!

Joriy yilning 5–9-oktabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan tashrif buyurgan kutubxona sohasi mutaxassislari ishtirokida “Kutubxona zamonaviy inson hayotida. Rossiya va O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi professional rivojlanish dasturi hamda turli taqdimot panellari o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli tadbirda markazimiz mutaxassislari va xizmat rahbarlari ham faol ishtirok etib, sohadagi so‘nggi yangiliklar, xalqaro tajribalar hamda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha o‘z bilim va malakalarini oshirdilar.

Seminarlar davomida zamonaviy kutubxonalarning jamiyat rivojlanishidagi o‘rni, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan qimmatli fikr-mulohazalar almashildi.

Bunday ilg‘or tajriba almashinuvi faoliyatimizni yanada yuksak bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi!