Joriy yilning 3-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik abadiydir!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🇺🇿Davra suhbatida mustaqillikning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, tinchlik va osoyishtalikning qadri haqida fikr almashildi. Mustaqillik-bu erkin nafas, osuda tong, farzandlarimizning beg‘ubor kulgusi va kelajakka bo‘lgan ishonchdir. Zero, tinchlik-eng buyuk boyligimiz, mustaqillik-eng ulug‘ ne’matimiz, Vatan esa qalbimizdagi eng muqaddas maskandir.Bugungi osuda hayotimiz, farzandlarimizning quvonchli kulgisi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchimiz-mustaqillikning bebaho ne’matlaridandir. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajagimiz porloq bo‘lsin!
Davra suhbatida 27 nafar yosh kitobxon ishtirok etdi.

