Bolajonlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda bilim va tafakkurini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Joriy yilning 24-avgust kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida bolajonlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda bilim va tafakkurini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan bellashuvda bolajonlar ikki jamoaga “Zukkolar” va “Bilimdonlar” guruhlariga bo‘linib, o‘zaro bilim va topqirliklarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv jarayonida bolajonlarga ularning yoshiga mos, qiziqarli va o‘ylantiruvchi savollar taqdim etildi. Ishtirokchilar savollarga chaqqonlik bilan javob berib, o‘z bilimlari va topqirliklarini namoyish etdilar. O’yin yakunda faol ishtirok etgan zukko va bilimdon bolajonlar e’tirof etilib, rag‘batlantirildi.

Zakovat intellektual o’yinida 12 nafar kitobxon bolajonlar ishtirok etdi.

 

O'xshash maqolalar

Yangilik

🎨✨Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida navbatdagi “Yosh rassom” to‘garagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

#Chirchiq_shahar_AKM #yosh_rassom 🎨✨Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida navbatdagi "Yosh rassom" to‘garagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. 👧🧑‍🦱Bolajonlar o‘z tasavvurlarini...

Batafsil
Yangilik

📚✨ Rus yozuvchisi Aleksandr Ivanovich Kuprinning. ”OLESYA” kitobi.

[video width="720" height="1280" mp4="https://chirchiq-kutubxona.uz/wp-content/uploads/2026/02/olesya.mp4"][/video]

Batafsil