?Joriy yilning 21-avgust kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida o‘zbek xalqining mashhur qahramonlik dostoni-“Alpomish” asariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

#Chirchiq_shahar_AKM

?Joriy yilning 21-avgust kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida o‘zbek xalqining mashhur qahramonlik dostoni-“Alpomish” asariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
?O’zbek xalq og‘zaki ijodining bebaho namunasi bo‘lgan “Alpomish” dostonining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Unda aks etgan mardlik, jasorat, vatanparvarlik, sadoqat, or-nomus va oilaviy qadriyatlar alohida ta’kidlandi. Yoshlar va kitobxonlar doston qahramonlarining jasorati, matonati va ezgu fazilatlari bilan yaqindan tanishdilar. Alpomishning yurtiga, oilasiga va yaqinlariga bo‘lgan sadoqati yosh avlod uchun chinakam ibrat ekani  qayd etildi. Zero, “Alpomish”-shunchaki doston emas. U asrlar qa’ridan bizgacha yetib kelgan, xalqimizning qalbi, g‘ururi, or-nomusi va milliy o‘zligini o‘zida mujassam etgan buyuk ma’naviy xazinadir.
?Davra suhbatida 31 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etdi.
? Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal  | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book

O'xshash maqolalar

Yangilik

?✨ Xurshid Do‘stmuhammad tavalludining 75 yilligi. ? Xurshid Do‘stmuhammad — mashhur o‘zbek adibi. Uning asarlari hayot va inson qalbi haqida. Sizni asarlarini o‘qishga chorlaymiz.

[video width="720" height="1280" mp4="https://chirchiq-kutubxona.uz/wp-content/uploads/2026/01/xurshid-dostmuhammad-tavalludining-75-yilligi.mp4"][/video]

Batafsil
Yangilik

Kitob tavsiyasi: «Qo’rqinchli Tehron»

#Chirchiq_shahar_AKM #kitobtavsiya Kitob tavsiyasi: "Qo'rqinchli Tehron" Mushfiq Kozimiy ushbu romanini 1924-yil oktabr oyida Berlinda tugatgan va...

Batafsil