#Chirchiq_shahar_AKM
📚Joriy yilning 21-avgust kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida “Hayot davomida o‘qish” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Napoleon Xillning “O’yla va boy bo’l” nomli kitobi o‘qish uchun tavsiya qilindi.
📖Ushbu kitob o‘z oldingizga maqsad qo‘yishni, ishonch tuyg‘usini mustahkamlashni, turli sinovlarni yengib o‘tishni, izlanishni o‘rgatadi. Shuningdek, maxsus bilimlar, aql-zakovat, ortga chekinmaslik haqida keng tushuncha beradi. Kitob boy fikrlash, orzu-istaklar ustidan hukmron bo‘lish, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan. Siz hayotda qanday qilib maqsadga yetish va qatʼiyatli bo‘lishning aniq rejasini topasiz. Bu esa har bir ishda sizga qo‘l keladi. Kitobning ayrim o’rinlarida Napoleon Xill tilidan hikoya qilinmasa-da, uning qarashlari, nuqtai nazari, tamoyillari o’z aksini topgan.
👥Tadbirda 28 nafar yosh kitobxon ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book

