“Yoz o’tmoqda soz” shiori ostida tashkil etilgan to’garaklarimiz faoliyati haqida.

Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida “Yosh rassom” to’garagining navbatdagi mashg’uloti bo’lib o’tdi.
🖌 Mashg’ulot davomida bolajonlar o’z tasavvurlari va qiziqishlaridan kelib chiqib, o’zlariga yoqqan rasmlarni katta ishtiyoq bilan qog’ozga tushirdilar. Har bir ijodiy ishda ularning ranglar olamiga bo’lgan mehri, boy tasavvuri va betakror nigohi o’z aksini topdi.
✨ Har bir chizilgan rasm — bolalar qalbidagi orzular va ezgu niyatlarning rangli ifodasidir.