Joriy yilning 20-iyul kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxon bolajonlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar “Bilimdonlar” va “Donolar” jamoalariga bo‘linib, mantiqiy fikrlash, topqirlik va tezkorlikni talab etuvchi qiziqarli savollar orqali o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv do‘stona ruhda, yuqori kayfiyat va sog‘lom raqobat muhitida kechdi.
Mazkur intellektual o‘yin yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim doirasini kengaytirish, mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Zakovat intellektual o’yinda 15 nafar yosh kitobxon faol ishtirok etdi.

