Yosh ustoz — katta muvaffaqiyatlar! Chirchiq shahar axborot-kutubxona markazida bepul ingliz tili kurslari davom etmoqda. Bugun kichik guruhimiz (7-10 yosh) uchun navbatdagi qiziqarli dars bo‘lib o‘tdi! Bu darsning o‘ziga xosligi shundaki, uni 14 yoshli iqtidorli volontyorimiz Elzoda o‘tkazadi!


Elzoda yosh bo‘lishiga qaramay, juda mas’uliyatli va pedagogik qobiliyatga ega. U har bir bolaga alohida e’tiborlii. Bolalarning yangi so‘z va iboralarni o‘rganayotgandagi quvonchini ko‘rish — katta zavq! Biz markazimizda yosh iste’dodlar o‘zlarini namoyon etayotganidan va bolajonlarimiz do‘stona muhitda sifatli bilim olayotganidan juda faxrlanamiz. Barakalla, Elzoda! Kelgusi faoliyatingda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
Siz ham farzandlaringizni bilim olishga chorlang! Biz bilan birga o‘qing, o‘sing va rivojlaning!
Sizni Chirchiq shahar axborot-kutubxona markazida kutib qolamiz!
06.07.2026
