27-iyun- Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi jamoasi Chirchiq shahar hokimi M. Abduraximov tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
📜 Mazkur yuksak eʼtirof kutubxona jamoasining fidokorona mehnati, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va aholiga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatish yoʻlidagi saʼy-harakatlariga berilgan munosib bahodir. Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi jamoasi ushbu yuksak eʼtibor va bildirilgan ishonch uchun Chirchiq shahar hokimligiga samimiy minnatdorlik bildiradi.


