Joriy yilning 22-iyun kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida Chirchiq shahar FVB boshqarmasi xodimi J. Baxromov hamda boshqarma xodimlari ishtirokida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish maqsadida “Ma’naviyat qalqoni” nomli kitobxonlik musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa yuqori saviyada va qizg‘in ruhda o‘tkazildi. Tadbir davomida FVB xodimlariga test savollari tarqatildi. Ishtirokchilar berilgan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajardilar va o‘z bilimlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan uch nafar ishtirokchi tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Shuningdek, FVB boshqarmasi tomonidan Axborot-kutubxona markazi direktoriga ham tashakkurnoma topshirildi. Tadbir so‘ngida Axborot-kutubxona markazi nomidan FVB xodimlariga kitoblar sovg‘a qilindi.
Kitobxonlik musobaqasida FVBning 31 nafar xodimi ishtirok etdi.

