Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida 21-oktabr-O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Chirchiq shahar 2-sonli texnikumining Kompyuter IT-servis yo‘nalishi 1-kurs 26-02-guruh o‘quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir.

Joriy yilning 21-oktabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida 21-oktabr-O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Chirchiq shahar 2-sonli texnikumining Kompyuter IT-servis yo‘nalishi 1-kurs 26-02-guruh o‘quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar ifodali o‘qildi. O’quvchilar ona tilimiz haqidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol-javoblar o‘tkazildi. Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi direktori A.Xojekeyeva ham o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining tarixi haqida o’quvchilarga qisqacha ma’lumot berdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, qizg‘in va samimiy tarzda o‘tdi.
Tadbirda  30 nafar o’quvchi ishtirok etdi.