“O‘zkimyosanoatloyiha” AJ da “Eng yaxshi kitobxon xodim” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan jamiyatimizda xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan an’anaviy tanlov shuhrat va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash uchun nufuzli hakamlar hay’ati jalb etildi:
-
Saodat Musayeva — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira va adiba;
-
G‘ofurjon Sirojov — jamiyat bosh yuriskonsulti.
- Shuningdek kutubxonamiz vakillari Nozima Nazirova va Gulnora Qosimova ham nufuzli hakamlar hay’ati tarkibida ishtirok etib, baholash jarayoniga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Olti nafar eng faol va bilimdon kitobxon xodimlarimiz bellashgan murosasiz bahslarda ishtirokchilar belgilangan asarlar yuzasidan o‘zlarining chuqur bilimlarini namoyish etishdi.
Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritgan g‘oliblarimiz:
1-o‘rin: Tog‘aymurodov Olim Bekmurod o‘g‘li (MTO-2 2-toifali muhandisi)
2-o‘rin: Xusanova Kamila Raximovna (OKK boshlig‘i)
3-o‘rin: Tadjiyev Davronbek Baxtiyarovich (KIPiA 7-toifali muhandis-loyihachisi)
Barcha g‘oliblar va ishtirokchilarni ushbu ma’naviy zafar bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Faollik ko‘rsatgan barcha xodimlarimizga va adolatli baholagan hurmatli hakamlar hay’atiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
✨ Kitobxonlik — ma’naviy kamolot va yuksak tafakkur poydevoridir!
#Chirchiq_shahar_AKM #35yil

28.08.2026
