#Chirchiq_shahar_AKM
📚Joriy yilning 16-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, oilalarda mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida “Kitobxon oilam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🫂Shu munosabat bilan Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Gazibekovlar oilasiga tashrif buyurilib, “Oilam-kitobxon” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Oila davrasida yoshi ulug‘ bobo va buvilarimizning kelinlari hamda sevimli nevaralari bilan birgalikda kitob mutolaa qilayotgani ayniqsa quvonarli manzara bo‘ldi. Chunki bobo va buvining qo‘lidagi kitob-nevaraga ibrat, onaning mutolaasi-farzandga tarbiya, oilaviy kitobxonlik esa avlodlarni bir-biriga bog‘lovchi ma’naviy rishtadir. Kitob o‘qilgan xonadonda suhbatlar mazmunli, qalblar yaqin, farzandlar tarbiyasi go‘zal bo‘ladi.
👤Davra suhbatida 8 nafar Gazibekovlar oilasi ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book

