Yangiliklar
Yangilik
Ushbu kitob 100 jilddan iborat «Kitobxon bolalar loyihasi turkumida nashr etildi. Mazkur turkumdan o’zbek bolalar adabiyotining turli yillarda yaratilgan eng sara namunalari o’rin olgan. Loyiha doirasidagi har bir asar kelajagimiz bunyodkorlari bo’lgan yoshlarni, xususan, bolalar va o’smirlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ona tabiatni sevish va asrab-avaylash, do’stlik, mehr-oqibat, qadimiy va boy tariximizga hurmat, milliy qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalab ularning har tomonlama barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.
[video width="720" height="1280" mp4="https://chirchiq-kutubxona.uz/wp-content/uploads/2026/05/qorgonlangan-oy-shoyim-botayev.mp4"][/video]
Batafsil
Yangilik
? Joriy yilning 5-may kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab, “Tug‘luq Temurxon bilan uchrashganimdan so‘ng ko‘nglimga kelgan birinchi kengashim” asari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Batafsil
Yangilik
? Joriy yilning 5-may kuni Chirchiq shahar axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida kitobxonlikni yanada keng targ‘ib qilish hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, madaniyat xodimi Mirmuhsin Mirsaidov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Bir ona qismati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Batafsil
Yangilik
Hakim Nazirning badiiy mahorati o‘zbek milliy koloritini to‘g‘ri va yorqin tasvirlashida, qishloq turmushidan olingan jonli va hayotiy voqea-detallarni ustalik bilan topishda yaqqol ko‘rinadi. Adib asarlarida bolalarning xalq mulkini ko‘z qorachig‘idek asrash xususidagi olijanob tuyg‘ulari, mehnatning shon-sharaf ish ekanligi haqidagi tushunchalari o‘zining jonli ifodasini topgan. U o‘zining «Yonar daryo» qissasini ham shu mahorat maktabi ta’siri ostida yaratdi. Yozuvchi bu asarida bola xarakterining shakllanishida oila va do‘stlar muhitining roli ham katta ekanligiga hammaning diqqatini jalb etgan.
[video width="720" height="1280" mp4="https://chirchiq-kutubxona.uz/wp-content/uploads/2026/05/hakim-nazirning-yonar-daryo-qissasi.mp4"][/video]
Batafsil