Chirchiq shahar “Axborot-kutubxona markazi”

Markaz haqida qisqacha ma'lumot

Chirchiq shahar  “Axborot-kutubxona markazi” (AKM) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi" 4354-sonli qaroriga asosan, Toshkent viloyati hokimining 2019 yil 1 iyundagi 968-sonli hamda Chirchiq  shahar hokimining 2019 yil 30 dekabrdagi 2186-sonli qaroriga asosan, Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi tashkil qilindi.

Chirchiq  shahar hokimining  qaroriga asosan, Chirchiq shahar Feruz   ko‘chasi-2 uyda joylashgan kutubxona binosi Chirchik shahar axborot-kutubxona markazi balansiga berildi.

         Axborot-kutubxona markazimiz  2020 yil 3-yanvardan o’z ish faoliyatini boshladi.

2022 ikkinci  mavsum “Ochiq budjet” portalida ishtirok etib, ovoz yig‘ish natijasida 1 milliard pul mablag‘ qo‘lga kiritildi. Natijada Chirchiq shaharda 2022-yil ikkinchi mavsum “Ochiq byudjet” axborot portali orqali  1  mlrd mablag‘ evaziga kutubxona binosida katta ta'mirlash ishlari olib borildi. Ta'mirlash ishlari yakunida kitobxonlarimiz bir qancha uchun qulayliklar yaratildi.

Qisqacha faktlar

AKM imizda jami kitob fondi 11896 tani tashkil qiladi, shundan 72326 ta badiiy adabiyot, 46634 ta har xil sohaga oid adabiyotlar hisoblanadi.

AKM imizda 4 bo’lim faoliyat yuritadi:

  1. Axborot-bibliografiya xizmati bo’limi bu bo’limda 2 ta hodim ish olib boradi
  1. Fondlarni to‘ldirish saqlash va ularga ishlov berish xizmati bo’limi bu bo’limda 2 ta hodim ish olib boradi
  2. Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati bo’limi bu bo’limda 5 ta hodim ish olib boradi
  3. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati bu bo’limda 2 ta hodim ish olib boradi