25 noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş xalqaro kuni.

Ma’rifat va kitobxonlik — hurmat hamda özaro tuşuniş poydevori

Xalqaro ayollarga nisbatan zöravonlikka barham beriş kuni har yili 25-noyabr sanasida nişonlanadi. Bu sana 1999-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan rasman e’lon qilingan bölib, ayollar va qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, iqtisodiy hamda boşqa turdagi zöravonliklarning oldini oliş va ularga qarşi kuraşişga jamoatçilik e’tiborini qaratişga xizmat qiladi.

Jamiyatda soğlom muhit, mehr-oqibat va özaro hurmatni mustahkamlaşning eng ishonçli yöllaridan biri — bu ma’rifat va kitobxonlikdir. Yaxşi kitob inson qalbini yumşatadi, empatiya tuyğusini östiradi, boşqalarning dardini anglaşga va har qanday vaziyatda muloqot madaniyatini saqlaşga örgatadi.
Xalqaro ayollarga nisbatan zöravonlikka barham beriş kuni  doirasida kitobxonlik madaniyatini keng tarğib etiş alohida ahamiyat kasb etadi. Badiiy adabiyot, tarbiyaviy asarlar hamda ma’rifiy suhbatlar orqali yoşlar va kattalar ongida:
ayolga va inson sha’niga hurmat;
oilaviy hamjihatlik va mas’uliyat;
nizolarni kuç bilan emas, aql va suhbat yöli bilan hal etiş tamoyillari mustahkamlanadi.
Kitob javonlarimizdagi har bir mazmunli asar — jamiyatdagi befarqlikka qarşi qalqon, mehr va totuvlik sari qöyilgan qadamdir. Keling, öqigan kitoblarimizdagi ezgu ğoyalarni kundalik hayotimizga köçiraylik va atrofimizda hurmat hamda xavfsizlik muhitini birga yarataylik.